SportUz.Tv
iks
ads

O'zbekiston professional boks federaciyasi uch sportchini chetlatish masalasini ko'rib chiqmoqda

22.10.2026 16:18    


Rasmni yuklab olish

Federaciya tegishli materiallarni huquqiy va intizomiy baho berish uchun vakolatli tashkilotlarga taqdim etish huquqini o'zida saqlab qolishini qayd etdi.

O'zbekiston professional boks federaciyasi Samandar Reimbaev, Og'abek Abdumuminov va Bobur Abdulazizovga nisbatan intizomiy choralar qo'llash, jumladan ularni musht jangi va professional boks musobaqalaridan chetlatish masalasini ko'rib chiqayotganini malum qildi.

Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Federaciya bayonotiga ko'ra, uch sportchi — Samandar Reimbaev, Og'abek "Saturn" Abdumo'minov va Bobur Abdulazizov shartnoma majburiyatlarini buzgan hamda sport etikasi qoidalariga rioya qilmagan.

SHuningdek, federaciya Nomad ligasi bilan O'zbekiston hududida musobaqalar tashkil etish va ularni qo'llab-quvvatlash bo'yicha hamkorlikni vaqtincha to'xtatish imkoniyatini ham ko'rib chiqmoqda.

Federaciya tegishli materiallarni huquqiy va intizomiy baho berish uchun vakolatli tashkilotlarga taqdim etish huquqini o'zida saqlab qolishini qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: