SportUz.Tv
iks
ads

Volkanovski Jastin Getjiga kamaridan voz kechishni taklif qildi

22.10.2026 17:54    


Rasmni yuklab olish

Aleksandr Volkanovskiy engil vazn toifasida UFC chempioni Jastin Getji bilan ikkalasi uchun ham xayrlashuv bo'ladigan superjang o'tkazish g'oyasini ajoyib deb hisoblaydi.

Avstraliyalik amerikalik jangchi bilan oktagonga chiqishdan oldin chempionlik unvonlaridan voz kechishlari mumkinligini o'ylamoqda.

"Bilasizmi, Getji hali o'zi nima xohlayotganini aniqlab olgani yo'q. Ehtimol, agar u yana bitta jang o'tkazishga qaror qilsa, men uning raqibi bo'lishim mumkin. Biz superjang tashkil qilardik, so'ngra chempionlik kamarlaridan voz kechib, faoliyatimizni yakunlardik. Divizionlar bizsiz ham o'zaro masalani hal qilib olishadi, biz esa superjang bilan go'zal, ertaknamo yakun yasab, xayrlashamiz.

O'ylashimcha, Getjiga qarshi jang qo'shimcha reklamaga muhtoj emas. Hatto chempionlik unvonlarini xavf ostiga qo'yishimiz shart emas ham, men aynan shunday variantni afzal ko'rgan bo'lardim. Ishonchim komil, ilgari hech qachon bo'lmagan go'zal tarix yuzaga kelgan bo'lardi, shu bilan birga biz o'z divizionlarimizni ushlab turmagan bo'lardik. Men doimo divizionlarni to'xtatib qo'yishni istamasligimni aytganman va agar jangdan oldin kamarlardan voz kechsak, chempionlik janglari uchun ko'plab variantlar paydo bo'ladi.

SHuning uchun ham o'ylab qoldim: "Ehtimol, UFC bunga qarshi emasdir". Biz superjang o'tkazishimiz mumkin edi, qolgan barcha janglar esa o'z yo'lida davom etaverardi. SHunchaki bu juda zo'r bo'lishi va uni amalga oshirish to'laligicha mumkinligi menga tuyuldi. Tabiiyki, ko'pchilik darhol bu g'oyani ilib oldi, uni qizg'in muhokama qila boshladi va endi mendan bu haqda tez-tez so'rashmoqda", – dedi avstraliyalik jangchi MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.

Agar Aleksandr Volkanovskiy shu dam olish kunlari Abu-Dabidagi UFC 333 turnirida yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini rossiyalik Movsar Evloevga qarshi jangda himoya qila olmasa, uning rejasi barbod bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: