
Afsuski, eng engil vazn toifasining yangilangan reytingida Ramazon Temirov pastladi. Angliyalik Loner Kavanaga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan hamyurtimiz reytingda 7-o'rindan 10-pog'onaga tushib ketdi.
Kavana esa aksincha, bir pog'onaga yuqorilab, 5-o'ringa joylashdi. Qozog'istonli Asu Almabaev o'z o'rnini Kavanaga bo'shatib, o'zi 6-o'ringa tushdi. Asu noyabr oyida Qatar turnirida oktagonga ko'tariladi. Yaponiyalik Kyoji Horiguchi, Amir Albazi va Brendon Moreno yangilangan reytingda bir o'ringa yuqorilashdi.
