
Yarim og'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan hamyurtimiz Bogdan Guskov reytingda bir pog'onaga ko'tarilib, Top-10`talikni yakunlab turibdi. UFC 333 turnirida rossiyalik Azamat Murzakanovni muddatidan avval mag'lub etgan amerikalik Dominik Reyes uch pog'onaga yuqorilab, to'rtinchi o'ringa joylashdi. Murzakanov esa aksincha, 9-o'rindan 14-pog'onaga tushib ketdi.
SHuningdek. Turkiya sharafini himoya qilayotgan asli chechenistonlik Abdul-Rahmon Yahyoev ikki pog'onaga ko'tarilib, 13-o'rinni band etib turibdi. U Abu-Dabidagi turnirda rossiyalik Nikita Krilovni taslim etgandi.
Yangilangan reytingda Magomed Saidov (12), Robert Uittaker (11), Bogdan Guskov (10) va Alonzo Menifild (9) avvalgi o'rinlariga nisbatan bir pog'onaga yuqorilaganini ko'rish mumkin. Aksincha bir pog'onaga Paulo Kosta (5), Xalil Rauntri (6) va Navaxo Stirling (7) pastlagan.
