
Murosasiz janglarga boy kechgan dunyo birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi munosib tarzda ishtirok etib, 4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza — jami 8 ta medalni qo'lga kiritdi.
Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz yillar davomida mustahkamlab kelayotgan jahonda etakchilik ananasini yoshlarimiz ham munosib davom ettirdi. Yigitlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo'lib, o'zbek boksining kelajagi ishonchli qo'llarda ekanini yana bir bor namoyon etgan holda, jahonda tengsiz ekanligini isbotlashdi.
Qizlarimiz ham ortda qolishmadi. Ular 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritib, terma jamoamizning umumiy natijasiga munosib hissa qo'shishdi.



