SportUz.Tv

Bektemir yana kutadigan bo'ldi. Mungiya rasman rus bokschisiga qarshi jang o'tkazadi

29.10.2026 10:18    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda RCC matbuot xizmati xabar berdi.

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Nikita Zon WBA jahon chempionilik kamari uchun Xayme Mungiyaga qarshi ringga ko'tariladi. RCC Boxing bokschisi, shuningdek, amaldagi WBA Gold kamari sohibi, rossiyalik Nikita Zon 31 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan katta boks kechasi doirasida meksikalik Xayme Mungiya (46-2, 35 KO/TKO) bilan ikkinchi o'rta vaznda WBA World jahon chempionilik kamari uchun jang qiladi. 

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Nikitaning professional rekordida 12 ta g'alaba bor, shulardan 10 tasi nokaut orqali qo'lga kiritilgan, hisobida mag'lubiyat yo'q, faqat bir jangida durang natija qayd etilgan. Zon WBA reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

O'z navbatida, Xayme 46 ta g'alabaga ega, shulardan 35 tasi nokaut orqali qo'lga kiritilgan, ikkita jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Meksika vakili 30 yoshda. 

Avvalroq, Mungiya o'z kamari uchun majburiy davogar bokschi Bektemir Meliqo'zievga qarshi 2027 yilning bahorida jang o'tkazishi mumkinligini aytgan edi. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: