
"U yana jang qilmoqchi ekanligini aytyapti. Men uni juda uzoqdan bilaman. O'ylaymanki, biz 22 yilga yaqin bir-birimizni tanimiz va bu vaqt ichida u imkonsiz bo'lgan ishlarni ko'p marta bajarganini ko'rganman. Va u buni takror va takror bajargan. SHuning uchun, agar u qaytmoqchi ekanligini aytsa, men unga shubha qilmayman. Ko'ramiz. O'ylaymanki, faqat kelasi yili u MMA bilan bog'liq mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Hozirda u reabilitaciya, yani tiklanishdan o'tmoqda, lekin allaqachon jismoniy faollikka qaytgan va mening fikrimcha, juda yaxshi ko'rinmoqda.
U allaqachon yaxshi harakat qilmoqda. U davolanish va tiklanish bilan juda faol shug'ullanyapti, shuning uchun biz kelasi yili nima bo'lishini kutishimiz kerak. Menga uning janglarni tugatganligi haqida hech qanday his yo'q. Bu qanday ko'rinishda bo'ladi? Bilmayman. Ko'rinishidan, UFC bilan shartnomasida yana bir jang qolgan. Balki, bu tashkilotdagi uning so'nggi jangi bo'lar va keyin u o'zining yaxshi rivojlanayotgan promoushenida ishtirok etishi mumkin. Menga bu bilan tugashini tasavvur qilish qiyin", - dedi irlandiyalik mutaxassis Ariel Xelvani bilan suhbatda.
Kavananing fikricha, Makgregorni yana oktagonga chiqishiga faqat bitta holat to'sqinlik qilishi mumkin va bu uning jismoniy holati bilan bog'liq emas.
"U yana qaytib, jang uchun zarur bo'lgan shaklni ololadimi? Agar kimdir bunga qodir bo'lsa, demak u shu. O'ylaymanki, hamma narsa uning ichidagi o'sha olov saqlanib qolganmi va bunga qanchalik kuchli xohlayotganiga bog'liq bo'ladi. Men shunchaki o'ylamayman, balki aniq bilaman: agar u haqiqatan ham xohlasa, u kerakli hamma narsani qiladi va yana o'z maqsadiga erishadi", - deya qo'shimcha qildi murabbiy.
Avvalroq Konor Makgregor kelasi yozda oktagonga qaytib, UFC bilan amaldagi shartnomasining so'nggi jangida Maks Xollouey bilan principial trilogiyani yakunlash niyatida ekanligini malum qilgan edi.

Bektemir yana kutadigan bo'ldi. Mungiya rasman rus bokschisiga qarshi jang o'tkazadi