SportUz.Tv

Fyodor Emelyanenko: "Xudoga shukur, umrimda biror marta ham ko'chada urishmadim. Mojarolar og'zaki hal qilingan"

29.10.2026 12:09    


Rasmni yuklab olish

Kelasi hafta Toshkentga keluvchi 50 yoshli afsonaviy rossiyalik aralash jang sanatlari ustasi Fyodor Emelyanenko hech qachon ko'chada jang qilmagani, "ishkallar"ni yaxshilikcha hal etganini tan oldi.

— Rostdan ham biror marta ham ko'cha jangida qatnashmaganmisiz?

— Xudoga shukur, yo'q. Ko'cha janglari bo'lmagan. Xudoga shukur. Mojarolar bo'lgan, lekin ular og'zaki hal qilingan yoki men yon berganman. CHunki men o'z ko'zim bilan ko'rganman (boks o'rganayotgan paytimda) bunday yoqimsiz holatlarni. Bu katta fojia bo'lgan, qaytarib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelgan — kimdir yiqilib, boshi asfaltga yoki bordyurga urilgan, bunday holatlar bir necha bor bo'lgan. SHuning uchun — Xudoga shukur qilaman. Men yoshlar bir-birini elka bilan turtib, keyin janjal ko'tarmoqchi bo'ladigan joylarda bo'lmaganman. Uy — maktab, maktab — sport zal, keyin — oila — sport zal, sport zal — oila. Men 1990 yillar va 2000 yillarni ko'rdim, hammasini bilaman, u erda bu narsalar ko'p edi, lekin men bu tuzilmalarda bo'lmaganman. Hammasi o'z ko'zim bilan ko'rganman, bolalar sport zalimizga kelishardi — ko'pchilik, lekin men bu ishkallarda hech qachon bo'lmaganman. Men sportchi edim, — dedi Emelyanenko "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: