
Ularning jangi UFC 328 turnirida bo'lib o'tgan va SHonning hakamlarning alohida qarori evaziga g'alaba qozonishi bilan yakunlangan edi.
"Men jangda g'alaba qozondim, lekin ular mening kamarimni olib qo'yishdi. Men hakam emasman, lekin hech qachon orqaga qochib yurgan odamning g'alaba qozonganini ko'rmaganman. UFC tarixida birinchi marta kamarini qochib yurgan odam qo'lga kiritganini ko'ryapmiz. Hozir faoliyatimning asosiy maqsadi nima? Birinchi navbatda, men o'z kamarimni qaytarib olmoqchiman. Menga bu eng muhim. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz", - deya CHimaevning so'zlaridan iqtibos keltirgan ESPN portali.
Rossiyalik 32 yoshli Xamzat CHimaev 2018 yilda aralash jang sanati bo'yicha professional jangchi sifatida debyut qilgan. 2020 yildan beri UFC`da ishtirok etib kelmoqda. 2025 yilda u o'rta vazn chempioni bo'ldi.

"Mening kamarimni olib qo'yishdi". CHimaev Strikland bilan jangdagi mag'lubiyatini yana tan olmadi
Bektemir yana kutadigan bo'ldi. Mungiya rasman rus bokschisiga qarshi jang o'tkazadi