
WBA qo'mitasi qaroriga ko'ra, ruxsat tomonlar o'rtasidagi kelishuv asosida berilgan. Muzokaralarda Mungiya va Bektemir Meliqo'ziev jamoalari ham ishtirok etgan.
Bektemir Meliqo'ziev ushbu vazn toifasida WBA yo'nalishining majburiy davogari bo'lib qoladi va Jahon chempionlik kamari uchun jang qilish huquqini saqlab qoldi. Qarorga ko'ra, Mungiya — Zon jangidan keyin majburiy himoya bo'yicha muzokaralar boshlanishi kerak.
Agar Mungiya g'alaba qozonsa, keyingi jangini Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi shart. Zon g'alaba qozonib, chempionlik majburiyatlarini qabul qilsa, u ham navbatdagi himoyani o'zbekistonlik bokschiga qarshi o'tkazishi kerak.
Jang durang bilan tugasa yoki Mungiya kamarini saqlab qoladigan boshqa natija qayd etilsa ham, meksikalik bokschi keyingi titul jangini Meliqo'zievga qarshi o'tkazishi lozim.
Agar Riyoddagi jang 31 oktyabr kuni belgilangan vaqtda o'tkazilmasa va WBA alohida qaror chiqarmasa, maxsus ruxsat bekor qilinadi. Bunday holatda Mungiya majburiy himoya jangini o'tkazishi yoki kamar bo'yicha tegishli qoidalarga amal qilishi kerak bo'ladi.
SHu tariqa, WBA tashkiloti Mungiya — Zon jangiga ruxsat berish bilan birga, Bektemir Meliqo'zievning majburiy davogar sifatidagi huquqini ham saqlab qoldi.
