SportUz.Tv

Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jangi sanasi va manzili malum - manba

31.10.2026 16:42    


Rasmni yuklab olish

Ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun o'zbekistonlik majburiy davogar Bektemir Meliqo'zievning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.

Malum bo'lishicha, hamyurtimiz 6 noyabr kuni Dubayda o'tadigan Muka Boxing prof boks kechasida ringga chiqadi.

Xayme Mungiyaning Nikita Zonga qarshi jangidan keyingi titul bahsini kutayotgan Meliqo'ziev shu vaqt oralig'ida yana bir jang o'tkazadi.

Uning 6 noyabrdagi raqibi hozircha malum qilinmagan. Raqib yaqin vaqt ichida elon qilinishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: