
U braziliyalik Renato Moykano va Tom Nolanni tik turishga undab, braziliyalikning ortdan nazorat qilish imkoniyatini yo'qqa chiqardi va bu uchinchi raundda avstraliyalikning texnik nokaut bilan g'alaba qozonishiga sabab bo'ldi. Bu hodisa Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 292 turnirida sodir bo'ldi.
Terrens MakKinni: "Nolan vaziyatdan foydalandi, lekin bu jangni hakam yutib berdi. Ularni tik turishga majbur qilgani aqlbovar bo'lmas ish"
Genri Sexudo: "Nolanning g'alabasi haqida nima deysiz? Hakam Moykano raqibini nazorat qilayotganda jangchilarni tik turishga ko'tarish qarori jangning borishini o'zgartirib yubordi"
Sodik Yusuff: "Bu ochiqchasiga adolatsizlik"
Kayo Borralo: "Demak, endi biz raqibning orqasidan nazoratdan chiqa olmaydigan jangchini rag'batlantirib, ularni tik turishga ko'taramiz? Bu UFC tarixidagi eng aqlbovar bo'lmas holat!"
Erik Albarrasin: "Den Miragliottani g'alaba bilan tabriklayman!"
Gilbert Byorns: "Jiddiymi? Hakam Moykanoga shunday qildimi? Ey Xudoyo, bunga ishona olmayman!"
Belal Muhammad: "Dahshatli hakam"
Aljameyn Sterling: "Hali ham raqiblarning ortdan nazoratdan tiklanishiga ishona olmayman. Aqlbovar qilmas!"
Daniel Korme: "Hakamning bunday xatosi Tom Nolanning ajoyib chiqishiga soya solganidan qattiq noroziman"
Jo Soleki: "Tasavvur qiling, agar amerikacha futbolda hakamlar shunchaki bayroqni tashlab, "Ular to'pni juda ko'p yugurtirishyapti, boshqa jamoa ularni to'xtatib qurolmaydi, shuning uchun urinishni yo'qotish va 15 yard jarima" desa. Bu xuddi raqibning orqasini nazorat qilayotgan jangchini tiklash bilan bir xil. Den Miragliottaning harakatlari tekshirilishi yoki u hakamlikdan chetlatilishi kerak. Raqibning orqasini nazorat qilib, oyoqlari bilan uchburchak hosil qilgan jangchini tiklash mutlaqo mumkin emas. Bu qabul qilib bo'lmaydi. Hakamlar o'zlarining jinni ketdi qarorlari va ishlari uchun javob berishlari kerak"
Tom Teylor: "Jangchilarni tik holatda bahsni davom ettirishga undash ochiqchasiga xato bo'ldi. Bu natija juda shubhali ko'rinadi. Katta Den jangni butunlay buzib qo'ydi. Hech qachon bunday narsani ko'rmaganman. SHarhlochilar esa, albatta, bu hodisani etiborsiz qoldirishdi"
Renato Moykano: "Tabriklayman, Tom Nolan! Sen hayvonsan!"
