
Uning raqibi GLORY yarimog'ir vazn toifasi sobiq chempioni, franciyalik Sedrik Dumbe bo'ladi. Boks jangi sakkiz raundga mo'ljallangan va birinchi og'ir vazn toifasida (90.7 kg yoki 200 funtgacha) o'tkaziladi.
"Ikki yil oldin Sedrik Dumbe kimnidir to'qqiz soniyada nokautga uchratganidan keyin menga jang taklif qilgan edi. Xo'sh, endi senda imkoniyat bor. Men o'zimni eplay olmayman, jag'im ham yaxshi holatda emas va senda bo'lganidek kikboksing bo'yicha chempionlik unvonlarim yo'q. Lekin bilasanmi nima? Bu kikboksing emas, do'stim. Bu boks! Xuddi Usik Riko Verxuvenni engganidek, men ham seni Rojdestvo arafasida Dubayda kechki ovqatga aylantiraman, keyin esa arenada kola ichib g'alabamni nishonlayman.
Sen ko'p gapirishni yaxshi ko'rasan, shuning uchun keyingi hafta Parij va Dubaydagi matbuot anjumanlarida menga yuzma-yuz nima deyishingni ko'ramiz. Faxrli Franciya xalqiga shuni aytmoqchiman: men qiladigan ishim uchun uzr so'rayman, lekin o'g'lingiz yomon xulq-atvor ko'rsatdi va endi u jazolanadi. Dubay, Yaqin SHarq va SHimoliy Afrikadagi barcha muxlislarga – biz Dubaydagidek, hamisha bo'lganidek, katta tantana bilan shou qilamiz. Men qaytdim!", – dedi 29 yoshli amerikalik rasmiy matbuot bayonotida.
34 yoshli Sedrik Dumbe MMAga o'tgan eng ko'p unvonga ega kikbokschilardan biri hisoblanadi. Kikboksing faoliyati davomida u 45 marta nokaut bilan g'alaba qozongan va GLORY yarimog'ir vazn toifasida ikki marta chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.
Uning aralash yakkakurashlar rekordi oltita nokautli g'alaba va bitta muddatidan oldin mag'lubiyatdan iborat bo'lib, u PFL ligasida barmog'iga tikon kirgani sababli mag'lub bo'lgan. Francuz so'nggi jangini 2024 yil may oyida Parijdagi Bellator turnirida o'tkazib, Jalil Uillisni texnik nokaut bilan enggan.
"Jeyk Pol o'zini "Muammoli bola" deb ataydi, lekin u hali mendek muammoga duch kelmagan. U francuzning nimalarga qodir ekanligini tasavvur ham qila olmaydi va 24 dekabr kuni Dubayda men bu Jeyk Pol ismli tovuqni kechki ovqatga aylantiraman.
"Jeyk ko'p gapirishni yaxshi ko'radi, men ham shundayman, lekin Joshua uning jag'iga qilgan ishidan keyin, unda gapirishga ko'p imkoniyat qolmagan bo'lsa kerak. Men Joshua boshlagan ishni tugataman. Dubay men uchun alohida shahar, va Rojdestvo arafasida uning hushsiz yotgan jasadi ustidan Franciya bayrog'ini (trikolor) ko'taramiz. Franciya, bu g'alaba siz uchun bo'ladi!" – deb izoh berdi Dumbe jangi haqidagi elonini.
Jeyk Pol oxirgi marta ringga o'tgan yilning dekabr oyida chiqqan edi, o'shanda u engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga oltinchi raundda nokaut bilan yutqazgandi, Joshuaning so'nggi zarbasi uning jag'ini ikki joyidan sindirgan edi.
