
"Den nima uchun ularni parterdan tik holatga ko'targanini ko'rib chiqsak. Menimcha, u shunday deb o'ylagan: "Ular bu poziciyada ancha vaqtdan beri turibdilar va hech narsa bo'lmayapti. Keling, biroz faollik qo'shaylik".
U ularni tik holatga ko'tardi va bu bir jangchiga nisbatan mutlaqo adolatsizlik. Moykano bu poziciyaga loyiq edi. U bunga erishish uchun mehnat qildi. Bunday poziciyaga erishish oson emas va jangchi unga erishganda, undan foydalanishga to'liq haqli", – dedi Jon "Weighing In" podkastining navbatdagi sonida.
Makkarti hakamning vazifasi tomoshaboplikni taminlash emasligini takidladi va natijada Miragliotta adolatli kurashni uning ishtirokchilaridan biriga nisbatan adolatsiz bo'lgan sharoitlarga aylantirdi.
"Hakam yomon jangni yaxshi qila olmaydi, lekin yaxshi jangni yomon qilishi mumkin. Men bu jangda oxirida yomon bo'ldi deyayotganim yo'q. Nolanning muddatidan oldin g'alaba qozonishi tomoshabop edi. Lekin u o'zi umuman bo'lmasligi kerak bo'lgan vaziyatlarga tushish imkoniyatiga ega bo'ldi. U o'zining mahoratidan foydalanib chiqishi kerak bo'lgan vaziyatdan chiqishga ruxsat berildi.
Biz bir jangchiga boshqasidan ustunlik bera olmaymiz. Miragliotta Tom Nolanga katta ustunlik berdi va bir vaqtning o'zida Moykanoning ustunligini olib qo'ydi. Bilaman, Den adolatsizlik qilishni maqsad qilmagan. U shunchaki jangni jonlantirmoqchi, faollik qo'shmoqchi bo'lgan. Lekin haqiqatda odamlar bunga qarab, u adolatsizlik qildi deb aytishlari mumkin va ular haq bo'ladi", – deya qo'shimcha qildi afsonaviy hakam.
Bundan tashqari, Makkarti Moykano raqibining elkasini nazorat qilayotganda, jangni muddatidan oldin tugatishga urinmay, uni cho'zib yuborgani haqidagi fikrga qo'shilmaydi.
"Bu epizodga qaytib, diqqat bilan qaralsa, tik turishga ko'tarilgunga qadar so'nggi daqiqada, Moykano Nolanning elkasida bo'lganida, u yigirmadan ortiq zarba bergan. Nima uchun u buni qildi? U jangni muddatidan oldin tugatish ustida ishlagan. Bu zarbalardan biri Nolanga muammo tug'dirishi, uni xatoga yo'l qo'yishga majbur qilishi va Moykanoga bo'g'ish usulini qo'llash imkonini berishi mumkin edi", - dedi MakKarti.
Ikkinchi raundda tiklanib turganda, Moykano zarbani o'tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushib qoldi, tanaffusda tiklana olmadi va uchinchi besh daqiqalikda texnik nokaut bilan mag'lub bo'ldi.
