SportUz.Tv

Uaylder keyingi jangini Gassievga qarshi o'tkazish bo'yicha muzokara olib boryapti

03.11.2026 14:06    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vaznda sobiq WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder WBA kamari sohibi Murat Gassiev bilan jang o'tkazishi mumkin.

Tomonlar ehtimoliy bahs yuzasidan muzokara olib bormoqda.

Uaylderning aytishicha, Aleksandr Usik bilan jang bo'yicha kelishuvga erishilmagan. Amerikalik bokschi bunga moliyaviy talablar sabab bo'lganini bildirdi.

SHundan so'ng Uaylder va Gassiev jamoalari o'rtasida muloqot boshlangan.

"Men bu jangdan xursand bo'lardim. Hozirgi variantlar ichida aynan shu jangni eng ko'p xohlayman", deydi Uaylder IBA'ga bergan intervyusida.

U, shuningdek, Gassiev bilan avval mashg'ulot lagerlarida birga ishlagani va sparring o'tkazganini aytdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: