SportUz.Tv

Kovington UFC jangchilari va Zuffa bokschilari o'rtasidagi mukofot farqi uchun Dana Uaytni tanqid qildi

09.11.2026 12:12    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC vaqtinchalik chempioni, amerikalik Kolbi Kovington UFC jangchilari va Zuffa Boxing bokschilari o'rtasidagi mukofot farqidan hayratda ekanligini bildirdi va bunda promoushenlar rahbari Dana Uaytni aybladi.

"Menga bu umuman yoqmaydi. Dana Zuffa Boxing bilan bokschilikka kelganidan keyin, biz jangchilar katta bir savat oldik. Nega bu qashshoq Konor Benn uchun 15 million dollar to'lamoqchisiz? Konor Benn kim o'zi? Uni hech kim tanimaydi. U hech kim emas. Va kamiga jangida yutqazdi - haqiqatan ham pul olish uchun chiqdi va shunchaki taslim bo'ldi. Benn hatto yaxshi jang ham ko'rsatmadi, Rayan Garsiya uni taxminan uchinchi-to'rtinchi raundda mag'lub etdi, bu ham hech narsa emas. Bilasizmi, undan oldin bu odamni Roli Romero ham mag'lub etgandi. SHuning uchun menga bu holat yoqmaydi", - deya Kovingtonning so'zlaridan Bloody Elbow portali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: