SportUz.Tv

Usman Nurmagomedov bir necha kun ichida UFC’ga o'tishi mumkin

10.11.2026 16:21    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik mag'lubiyatsiz MMA jangchisi, Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Usman Nurmagomedov UFC bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqaldi.

MMA Uncensored malumotiga ko'ra, Usmanning UFC'ga o'tishi haqida shu dam olish kunlari bo'lib o'tadigan UFC 334 turnirida rasman elon qilinishi mumkin. Manba bu malumot hozircha tasdiqlanmaganini ham takidlagan.

Usman Nurmagomedov 28 yoshda. Dog'istonlik jangchi professional MMAdagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. 2021–2024 yillarda Bellator’da jang qilib, engil vazn toifasida chempion bo'lgan. 2025 yildan buyon PFL’da ishtirok etadi va hozir ham engil vazn chempioni hisoblanadi. Uning rekordi — 22 g'alaba, 0 mag'lubiyatdan iborat.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: