
Kichik Floyd ehtimoli yuqori bo'lgan raqiblar qatorida Rayan Garsiya, Oskar De La Xoyya, Menni Pakyao va Konor Makgregorni tilga oldi.
"2027 yilda men katta jang o'tkazmoqchiman. Bu Rayan Garsiya, Oskar De La Xoyya, Menni Pakyao yoki Konor Makgregor bo'lishi mumkin", - dedi Meyvezer o'zi ishtirok etgan Albukerkedagi (AQSH) boks kechasi translyaciyasi vaqtida.
Bu yil Meyvezer uchta jang o'tkazishni rejalashtirgan edi: Mayk Tayson va Mayk Zambidisga qarshi ikkita ko'rgazmali jang hamda Pakyao bilan revansh jangi. Ammo hozircha bu janglarning birortasi ham amalga oshmadi.
Yaqinda 49 yoshli amerikalik dekabr oyida Tailandda avstraliyalik Mett Floydga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazishini elon qildi va uni WBC yarimo'rta vazn chempioni Rayan Garsiyaga qarshi jang oldidan "razminka" deb atagandi.
