SportUz.Tv

SHara Bullet UFC`da 100 millionga jangda yutqazishni taklif qilishgani va hatto raqibni ham aytib o'tdi

16.11.2026 07:51    


Rasmni yuklab olish

O'rta vaznda UFC`ning 32 yoshli taniqli vakili SHarabutdin Magomedov pul uchun jangda yutqazib berish taklifi berilgani haqida gapirdi.

SHara Buletning aytishicha, unga polshalik Mixal Olekseychuk bilan bo'lgan jangda yutqazish taklifi berilgan. Ushbu jang 2024 yil 4 avgust kuni Abu-Dabida UFC on ABC 7 turnirida bo'lib o'tgan va SHaraning ochkolar hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.

— Tennisda bazida yosh o'yinchilar keyinchalik musobaqalarga borish va boshqa narsalarga imkon yaratish uchun "kelishilgan o'yinlar"da ishtirok etishadi. Sizga ham shunday taklif bo'lganmi?

— Ha, menga ham shunday taklif bo'lgan. UFC`da jangim bor edi, menga 100 million rubl taklif etishdi, buning uchun jangda yutqazishim kerak edi. Olekseychuk, mening raqibim bo'lgan, polyak. Menga 100 million taklif qilishdi, lekin men rad etdim. Istamadim, o'shanda men uchun puldan ko'ra faoliyatim ancha muhim edi, — dedi Magomedov YouTubedagi "Makarena" kanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: