SportUz.Tv

Irji Proxazka - Navaxo Stirling jangiga MMA olamining munosabati

22.11.2026 09:00    


Rasmni yuklab olish

Aralash yakkakurash hamjamiyati hamda matbuot vakillari Dohada bo'lib o'tgan UFC Fight Night 294 turnirining markaziy jangiga o'z munosabatlarini bildirishdi.

Unda yarim og'ir vazn toifasi vakillari - sobiq UFC chempioni chexiyalik Irji Proxazka ushbu vaznning yulduziga aylanib ulgurgan Yangi Zelandiya vakili Navaxo Stirlingga ikkinchi raundda nokaut evaziga mag'lub bo'ldi. 

Terrens MakKinni: "Irji o'rta vaznga o'tishi kerak. Navaxo esa haqiqiy yirtqich, hayratda qoldim!"

Genri Sexudo: "Navaxoning aqlbovar qilmas nokauti! Uning keyingi raqibi kim bo'ladi deb o'ylaysizlar?"

Josh Tomson: "Vau! Turnir 100 foiz zerikarli bo'ldi degan fikrni markaziy jang qutqarib qoldi. Odamlar zerikarlikni emas, tomoshani eslaydi. Ajoyib ish, Navaxo Stirling!"

Aaron Bronsteter (jurnalist): "Stirling ikkinchi raund tugashiga bir necha soniya qolganda Irji Proxazkani nokautga uchratdi. Bu katta g'alaba va endi yarim og'ir vazn toifasi juda-juda qiziqarli bo'lib boraveradi".

Caposa (MMA-analitik): "Bu juda shafqatsiz edi! Navaxo Stirling uchun ajoyib yil. Yilni 4-0 hisobi bilan va bunday tarzda yakunlash?!"

Kenni Florian: "Stirlingning Irjiga qarshi juda kuchli usuli va qarshi hujumi. U shunday burchakni topdiki, Proxazka frontal holatda edi va Stirling to'g'ridan-to'g'ri o'ng xuki bilan uning yuziga zarba berdi. Agar UFC'da katta janglarni o'tkazish boshlanishigacha sizning asosiy texnikangiz hali ham takomillashmagan bo'lsa, muvaffaqiyatni davom ettirish juda qiyin, hattoki imkonsiz bo'lsa ham. Nostandart uslub, atletizm va mustahkam iyak faqat malum bir nuqtagacha yordam beradi, toki sizning texnik kamchiliklaringiz aniqlanmaguncha".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: