
Turnirning to'rt ishtirokchisi "Kecha chiqishi" uchun 100 000 dollardan bonus olishdi.
Kutilganidek, mukofotlangan jangchilardan biri mag'lubiyatsiz yangi zelandiyalik yarim og'ir vazn toifasi vakili Navaho Sterling bo'ldi. U turnirning asosiy jangida ikkinchi raund tugashiga ikki soniya qolganida, sobiq chempion, chexiyalik Irji Proxazkani nokautga uchratib, davogarlar poygasida etakchilardan biriga aylandi.
SHuningdek, engil vazn toifasi vakili Amir Albazi ham 100 000 dollar oldi, u ikkinchi raundda nokdaunga uchrab, deyarli yutqazib qo'ygan bo'lsa-da, yakuniy besh daqiqada raqibi Alessandro Kostani ortdan bo'g'ish orqali jangni o'z foydasiga hal qila oldi.
Qolgan ikki bonusni engil vazn toifasi vakili Jon Mitchell va yarim og'ir vazn toifasi vakili Diyar Nurgojay oldi. Ular turnirning ilk kardidan o'rin olgan janglarda texnik nokautlar orqali raqiblarini taslim etishdi.
Bu safar tashkilot 25 000 dollardan qo'shimcha bonuslarni tejab qolishga muvaffaq bo'ldi, chunki turnirning qolgan barcha janglari hakamlar qaroriga qadar davom etdi.

UFC Fight Night 294 turnirining bonus sohiblari malum. Ular orasida qozoq jangchisi ham bor!
UFC Fight Night 294: Proxazkani nokaut qilishdi, Asu Almabaev yutqazdi va boshqa natijalar