
Tashkilotchilar musobaqaning navbatdagi jangini elon qilishdi.
Unga ko'ra, yarim og'ir vazn toifasida WBA, IBO Intercontinental kamarlarining sobiq egasi, britaniyalik Liam Kemeron turnirda ishtirok etadi. 36 yashar Kemeronga oqshom doirasida Rossiya vakili Ali Izmailov raqib bo'ladi.
Turnirning markaziy jangi hamyurtimiz Isroil Madrimov va ozarbayjonlik Seymur Isaev o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Liam Kemeron faoliyati davomida 33 ta jang o'tkazib, 24 ta g'alaba, 8 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. U 2024 va 2025 yillarda britaniyalik mashhur Ben Uittaker bilan ikki marotaba jang qilib, durang va mag'lubiyatni rasmiylashtirgan.
33 yoshli Ali Izmailov hisobida esa mag'lubiyatsiz 15 ta g'alaba bor. U oxirgi jangini may oyida aynan Toshkentda o'tkazgandi.
