
UFC Fight Night 294 turnirining asosiy jangi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yangi zelandiyalik yarimog'ir vazn toifasi vakili Navaxo Stirling hamda sobiq chempion Irji Proxazka o'rtasida o'tkazildi. Jang ikkinchi raundda Navaxoning nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Bu bilan Stirling chempionlik jangi sari yana bir qadam tashladi.
Etiborlisi, birinchi raundda raqibini nokdaunga uchratgan Proxazka ikkinchi besh daqiqalikda ko'proq tavakkalga yo'l qo'ydi va bu uning zarariga ishladi. Tanaffusga bir necha soniya qolganida Stirlingning o'ng tomondan bergan kuchli zarbasi ortidan chexiyalik aralash yakkakurash ustasi nokautga uchradi.
Oqshomning ikkinchi muhim jangi yarimengil vazn toifasida Aljameyn Sterling va Kevin Valexos o'rtasidagi potencial davogarlik jangi bo'ldi. Unda argentinalik Kevin hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, divizionning amaldagi chempioni Aleksandr Volkanovskining kamari uchun davogarga aylandi.
Turnirning ahamiyati jihatidan uchinchi muhim jangida amerikalik Brayan Ortega tashkilotning engil vazn toifasidagi debyutini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, yangi zelandiyalik Den Xukerga hakamlar qarori bilan yutqazib, professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Tadbirning asosiy kardini o'rta vazn toifasidagi Ikram Aliskerov va Jared Kannonir o'rtasidagi jang ochib berdi, unda rossiyalik sportchi hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 30-27) zafar quchdi.
Asosiy karddan o'rin olgan yana bir qiziqarli jangda qozog'istonlik Asu Almabaev yaponiyalik Kiodji Xoriguchiga qarshi uch raund to'liq harakat qildi va afsuski hakamlar qaroriga ko'ra (28-29, 27-30, 27-30) imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kechaning dastlabki kardida Iliya Topuriyaning akasi Aleksandr Topuriya meksikalik Santyago Lunaga hakamlarning ayri qarori bilan 27-30, 28-29 va 29-28 hisobida yutqazdi.
Boshqa natijalardan Bahrayn sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik og'ir vazn jangchisi SHamil Gazievning muvaffaqiyatsiz ishtirokini qayd etish joiz, u braziliyalik Tallison Teysheyraga hakamlar qarori bilan yutqazdi.
Qatar turnirida Amir Albazi, Jon Mitchell hamda qozog'istonlik Diyar Nurgojay muddatidan oldin g'alaba qozondi.
UFC Fight Night 294 turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard janglari
Navaxo Stirling Irji Proxazkani nokaut (zarbalar) qildi – ikkinchi raund, 4:58
Kevin Valexos Aljameyn Sterlingni ochkolar hisobi bo'yicha yutdi (29-28, 30-27, 30-27)
Den Xuker Brayan Ortegani hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-27, 30-27, 30-27)
Kiodji Xoriguchi Asu Almabaevni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29-28, 30-27, 30-27)
Ikram Aliskerov Jared Kannonirni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)
Prelim kard janglari
Santyago Luna Aleksandr Topuriyani hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etdi (30-27, 28-29, 29-28)
Tallison Teysheyra SHamil Gazievdan ochkolar bo'yicha ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28)
Amir Albazi Alessandro Kostani sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – uchinchi raund, 4:34
Taxir Abdullaev Jeyk Metyuzni ochkolar bo'yicha yutdi (29-28, 30-27, 30-27)
Dom Mar Fan Nikolas Mottani ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29-27, 30-26, 30-26)
Diyar Nurgojay Alik Lorencni texnik nokautga uchratdi (boshga oyoqda zarba) – ikkinchi raund, 0:24
Jon Mitchell SHoaib Yusafni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi (tizza bilan zarba) – birinchi raund, 3:50

UFC Fight Night 294 turnirining bonus sohiblari malum. Ular orasida qozoq jangchisi ham bor!
UFC Fight Night 294: Proxazkani nokaut qilishdi, Asu Almabaev yutqazdi va boshqa natijalar