SportUz.Tv

Mangu 7 turnirining yana bir jangi elon qilindi. Unda mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz ishtirok etadi (POSTER)

24.11.2026 07:33    


Rasmni yuklab olish

Xabar berib o'tganimizdek, 12 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Alpomish" muz saroyida MMA bo'yicha Mangu 7 turniri bo'lib o'tadi.

Tashkilot matbuot xizmati turnirdan o'rin olgan yana bir bellashuvni omma etiboriga havola qildi.

Malum bo'lishicha, o'ta engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan aralash yakka kurash ustamiz Umirzoq Ergashev Mangu 7 musobaqasida Xitoy vakili Duoji Xuadan bilan bahs olib boradi.

Umirzoq karerasi davomida hozirga qadar 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Duoji Xuadan hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: