SportUz.Tv

Topuriya Pimblettga jang taklif qildi

24.11.2026 14:33    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya britaniyalik Peddi Pimblettni jangga chorladi.

U unga The Ultimate Fighter shousida birgalikda murabbiy bo'lishni, shundan keyin esa o'zaro jang o'tkazishni taklif qildi.

«Peddi bilan men The Ultimate Fighter shousida murabbiy bo'lamiz. Keyin esa uning boshini uzib olaman. Kechaning ikkinchi asosiy jangida Jastin Getji Arman Carukyanga qarshi jang qiladi. Prelim karddagi so'nggi jang esa Makgregor bilan CHendler o'rtasida bo'ladi», deya Topuriyaning so'zlaridan iqtibos keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Home of Fight akkaunti.

Iliya Topuriya 29 yoshda. Gruzin jangchisi UFC'da 2020 yildan beri ishtirok etib keladi. 2024 yilda u yarim engil vaznda (65 kg gacha) chempion bo'ldi va keyinchalik chempionlik kamarini bir marta himoya qildi. 2025 yilda esa engil vazn (70 kg gacha) chempioniga aylandi. Uning tashkilotdagi hisobida jami to'qqizta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: