
Bugun musobaqada erkaklar o'rtasida yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi.
Unda uch nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tarildi.
-60 kg vaznli bokschimiz SHunqor Abdurasulov yarim finalda jazoirlik raqibni mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.
-64 kg vaznli bokschimiz Mujibillo Tursunov yarim finalda qozog'istonlik raqibiga qarshi jang o'tkazdi va g'alaba qozondi!
+91 kg vaznli Lazizbek Mullojonov esa armanistonlik raqibiga qarshi bahs olib bordi va g'alabaga erishdi.
Final janglari ertaga o'tkaziladi. Unda yuqoridagi uch nafar bokschimiz va qizlar o'rtasida Mavluda Mavlonova ringga ko'tariladi.
"U Rossiyaga borishni xohlayapti, ammo qo'rqyapti". Carukyan - Jeyk Pol haqida gapirdi