
"Faoliyatimni "Benfika"da yakunlamoqchiman. Men ushbu klubda jiddiy darajaga chiqdim, bundan tashqari, men - "burgutlar" muxlisiman. Umid qilamanki, bir kun kelib "Benfika" libosida maydonga chiqaman", - deydi Kanselu.
Kanselu - "Benfika" tarbiyalanuvchisi, u jamoada 2015 yilning iyuliga qadar o'ynagan.
26 yoshli portugaliyalik futbolchi 2019 yilning yozidan beri "Manchester Siti"da o'ynamoqda, u 2020/21 yilgi mavsum "shaharliklar" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.
"Bundan xursand bo'laman". Dmitriy Bivol Beterbiev bilan trilogiyani kutayotganini aytdi
Magomed Ankalaev UFC unga qanday holatda chempionlik kamari uchun jang berishini aytdi
Masvidal UFC tashkil qilishi mumkin bo'lgan "eng shov-shuvli jang" qaysi ekanligini aytdi