SportUz.Tv
iks
ads

Asian Boxing League turniri nomalum muddatga qoldirildi

23.10.2026 11:15    


Rasmni yuklab olish

5–20 dekabr kunlari Iordaniya poytaxti Amman shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan klublar o'rtasidagi ilk Asian Boxing League turniri nomalum muddatga qoldirildi.

Asian Boxing tashkilotining malum qilishicha, bunga mintaqadagi beqaror vaziyat sabab bo'lgan.

Tashkilot sportchilar xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida belgilaganini qayd etib, Osiyodagi barcha musobaqalar xavfsiz, barqaror va ishonchli sharoitda o'tkazilishi kerakligini bildirgan.

SHu sababli Ammanda o'tishi rejalashtirilgan Asian Boxing League turnirini qoldirishga qaror qilingan.

Musobaqaning yangi sanasi hozircha malum qilinmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: