
Eslatib o'tamiz, Portugaliya 1/8 final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, mundial bilan xayrlashgan edi.
"Portugaliya abadiy!", — deb yozdi Ronaldu o'z sahifasida.
Ispaniya 1/4 finalda Belgiya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. Ronaldu 1/8 final uchrashuvidan so'ng, bu uning faoliyatidagi so'nggi jahon chempionati bo'lganini malum qilgan edi.
JCH-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tmoqda. Turnir formati o'zgargani sababli, musobaqa tarixida ilk bor final bosqichida 48 ta jamoa ishtirok etmoqda.