SportUz.Tv

Insayder: Arman Carukyan va CHarlz Oliveyra jang uchun shartnoma imzolashdi

28.07.2026 09:51    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni CHarlz Oliveyra (reytingda 3-o'rin) va reytingning ikkinchi raqamli vakili Arman Carukyan oktagonda o'zaro to'qnash keladi.

shbu qiziqarli jang 19 sentyabr kuni UFC 331 turniri doirasida bo'lib o'tadi. Har ikki tomon o'zaro jang uchun shartnoma imzolagan. Bu haqda jurnalist va insayder Manuk Akopyan o'z manbalariga tayanib xabar berdi.

Jang haqidagi rasmiy elon UFC`ning yaqin kunlardagi translyaciyalaridan birida elon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilning aprel oyida UFC 300 turnirida Carukyan hakamlarning qarori bilan Oliveyrani mag'lub etgandi. SHundan so'ng Arman oktagonga atigi bir marta (o'tgan yilning noyabrida Den Xuker ustidan qozonilgan g'alaba) chiqqan bo'lsa, Oliveyra to'rtta jang o'tkazishga ulgurdi. U ushbu janglarning uchtasida g'alaba qozondi (chempionlik jangida Iliya Topuriyadan uchralgan yagona mag'lubiyatdan tashqari) va ramziy BMF kamarini qo'lga kiritdi. Katta ehtimol bilan, 19 sentyabr kungi revansh jangida aynan shu kamar o'rtaga tikiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: