SportUz.Tv

Bogdan Guskov Ankalaevdan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Hech narsadan afsuslanmayman"

28.07.2026 10:09    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasi UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Bogdan Guskov Magomed Ankalaevdan qabul qilgan mag'lubiyatiga to'liq izoh berdi va muxlislarga murojaat qildi.

"Vada qilganimdek, jangim haqida qisqacha video-izoh. Buni o'zimni oqlash deb qabul qilishingizni istamasdim. SHunchaki o'z fikrlarim, xolos. Birinchidan, bu jang keyingi safar chempionlik uchun kurashishimga katta imkoniyat bo'lishini tushunib turgan edim. SHu bilan birga, bu katta tavakkal ham edi, chunki butun tayyorgarlik jarayonini butunlay boshqa raqibga qarshi o'tkazgandim. U o'ng qo'l bilan ishlaydigan, ko'proq zarbachi va uch raundlik jang uchun mo'ljallangan edi. Yakunda esa chap qo'l bilan ishlaydigan, besh raundlik va universal jangchi — umuman boshqacha uslubdagi raqibga qarshi chiqishga to'g'ri keldi.

Nimadandir afsusdamanmi? Yo'q, hech narsadan afsuslanmayman. Agar natijani oldindan bilganimda ham, baribir bu ishga qo'l urgan bo'lardim. CHunki o'zim uchun ko'p narsani anglab etdim. Buni kelgusi harakatlarim uchun bir chaqiriq va hech qanday pulga sotib olib bo'lmaydigan katta tajriba sifatida qabul qilaman.

Tavakkalchilik haqida. Ha, qaerdadir ko'proq tavakkal qilib, oldinga intilishim mumkin edi. Lekin Maganing meni poylayotganini ko'rib turardim — shunchaki o'zimni olovga tashlash... Men uni ko'proq qarshi hujumda ushlab olishga va ikkinchi raqam ostida ishlashga harakat qildim. Ikki qarshi hujumchi to'qnash keldi. SHunday bo'lib turadi. Jang zerikarli bo'ldi — roziman. Ko'p yozishyapti, bu izohlarni ko'ryapman. Lekin, yana qaytaraman, bu urush emas, balki shaxmat partiyasi kabi kechdi. SHuning uchun kimni biroz xafa qilgan bo'lsam, mendan qattiq xafa bo'lmanglar.

Biz oldinga harakat qilishda davom etamiz, do'stlarim. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun, yonimda bo'lganingiz uchun, izohlar yozib, meni qo'llab-quvvatlashda davom etayotganingiz uchun hammangizga katta rahmat. Bu kelgusi harakatlarim uchun haqiqatan ham katta motivaciya beradi, chunki sizlarsiz bu sport umuman bo'lmasdi. Buni ko'p marta aytganman. SHunday ekan, bu hali oxiri emas. Hammasi oldinda, barchasini ko'rasizlar. Yaxshi janglar ham, chiroyli taktik janglar ham bo'ladi. Hammangizni quchoqlab qolaman. Aloqadamiz", — dedi Bogdan o'zining Telegram-kanalida elon qilgan videoda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: