SportUz.Tv
iks
ads

Leau Ronalduga tegishli bo'lgan 7-raqam ostida qaydnomaga kiritildi

01.10.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

Portugaliya milliy terma jamoasi vingeri Rafael Leau Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi Daniyaga qarshi bahs qaydnomasiga "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi Krishtianu Ronalduga tegishli bo'lgan 7-raqam ostida harakat qiladi.

Qaydnoma UEFA rasmiy saytida elon qilindi.

CHorshanba kuni 41 yoshli Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezushning futbolchiga asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagani haqidagi matbuot anjumanidan so'ng jamoa qarorgohini tark etganini ijtimoiy tarmoqlar orqali malum qilgandi.

Keyinroq “O Jogo” nashri Ronaldu milliy termadagi faoliyatini yakunlagani, 24 sentyabr kuni Uelsga qarshi o'tkazilgan Millatlar Ligasi bahsi esa uning uchun terma jamoa libosidagi so'nggisi bo'lgani haqida xabar tarqatdi.

2.jpg

Payshanba kuni Portugaliya terma jamoasi Millatlar Ligasi “A” divizioni 4-guruh 3-turi doirasida Daniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Kopengagenda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Ronaldu hisobida Portugaliya terma jamoasi safida 234 ta o'yin va 146 ta gol mavjud. U milliy jamoa bilan birgalikda Evropa chempioni bo'lgan hamda ikki bor Millatlar Ligasida zafar quchgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: