
Atlantadagi "Mersedes-Benc Stedium" stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.
"Inter Mayami" tarkibida Xerman Berterame hamda dubl qayd etgan argentinalik forvard Lionel Messi gol muallifiga aylanishdi. Urugvaylik hujumchi Luis Suares esa ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.
"Atlanta"ning yagona goliga Fafa Piko mualliflik qildi.
MLS'ning navbatdagi turida "Atlanta" "CHikago Fayr" bilan kuch sinashadi, "Inter Mayami" esa "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi maydonga tushadi. Bahslar 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
