
Unda kanadalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Mayk Melottning amerikalik Xoakin Bakli ikkinchi raundda tizzasi bilan nokautga uchratib, "Yil nokauti" mukofotiga asosiy davogarlardan biriga aylandi.
Kay Kamaka III: "Agar biz bu sportni sevsak, demak, biz kasal odamlarmiz. Bakli uchun duo qilaman".
Maykl Kesa: "Keyingi jang – Melott va Della Madalena o'rtasida Torontoda".
Arnold Allen: "Juda chiroyli finish".
Kodi Derden: "Voy-bo'! Uning kapasi (tish himoyasi) olti metr nariga uchib ketdi".
Jeff Molina: "Daxshat! Bu juda shafqatsiz edi!"
Gilbert Byorns: "Mayk Melottdan ajoyib finish! Bu juda katta bayonot bo'ldi".
Kenni Florian: "Jag'ga tushgan tizza Baklini uyquga jo'natdi. Melott ikkinchi raundda juda shafqatsiz nokautni rasmiylashtirdi".
Mayron Santos: "Bu juda qattiq bo'ldi!"
Aaron Bronshteter: "Bu Baklining yarim o'rta vaznda muddatidan oldin mag'lub bo'lgan ilk holati".
Maykl Kerroll: "2022 yildan hozirgi kungacha UFC yarim o'rta vazn toifasida muddatidan oldin erishilgan g'alabalar soni: 7 – Karlos Prates, 6 – Mayk Melott, 6 – Urosh Medich".
