
Karddan o'rin olgan jami 13 ta janging 12 tasi nokaut bilan yakunlandi. Bunday statistikaga ega bo'lgan ilk turnir avgust oyida Belgrad (Serbiya) shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 283 oqshomida bo'lgan edi.
Eslatib o'tamiz, UFC Fight Night 291 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) kanadalik jangchi Mayk Melott amerikalik Xoakin Baklini ikkinchi raundda nokautga uchratdi.
Kardning ikkinchi muhim jangida ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasidagi (57 kg gacha) kanadalik Jasmin Yasudavichyus hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Erin Blanfildni mag'lub etdi.

Umar Kremlyov: "Bokschilar hech narsaga muhtoj bo'lmasliklari uchun sharoit qilamiz"