
SHuning barobarida u Xalqaro olimpiya qo'mitasini (XOQ) Olimpiya o'yinlaridan tushgan daromadlarni adolatsiz taqsimlayotgani uchun tanqid qildi.
"Bizning asosiy vazifamiz — boks nafaqat sevimli mashg'ulot, balki murabbiylar va sportchilarga ish o'rinlari ham taqdim etadigan butun bir boks tizimini yaratishdir. Biz kiyim-kechak brendini ishga tushiryapmiz, IBA ekotizimini yaratyapmiz. Men boks bilan shug'ullangan vaqtimda bularning hech biri yo'q edi. 100 kishiga 10 juft qo'lqop to'g'ri kelardi. Xudoning irodasi bilan men buyuk bokschi bo'lmadim, lekin funkcioner bo'ldim. Men bokschilar hech narsaga muhtoj bo'lmasliklarini istayman. Ular faqat tayyorgarlik ko'rib, natija ko'rsatib, xalqni xursand qilishlari kerak.
SHuningdek, ularning o'z oilalarini taminlash imkoniyati bo'lishi kerak. Men raqobatlashmayapman. Agar XOQ ishlab topayotgan pullarni sportchilarga bermasa, Olimpiada 5-10 yil ichida asta-sekin o'ladi. Agar bu amalga oshmasa, Olimpiada barham topadi. Markaziy Osiyoda hali ham Olimpiadani tomosha qilishadi, lekin Evropada unga unchalik etibor qolmagan. Sportchilar umrining yarmini bag'ishlab, Olimpiadaga borishadi va metall medal (u hatto sof oltin ham emas)dan boshqa hech narsa olishmaydi. Agar ularni faqat o'z mamlakatlari qo'llab-quvvatlamasa, albatta.
Bunday bo'lmasligi kerak. Olimpiada odamlarni birlashtirishi lozim. Topilgan pullar murabbiylar va sportchilarga tegishli bo'lishi kerak. Hozirgidek 10 ming dollar ko'rinishidagi yarim choralar emas, balki munosib mukofot pullari bo'lishi kerak... Bu noto'g'ri. Raqobat yaratish kerak. Olimpiadada birinchi o'rin uchun sportchi kamida 1 million dollar olishi kerak. IBA hozir aynan shu ishni jahon chempionatlarida amalga oshirmoqda. Olimpiada sovrindorlari IBA jahon chempionatiga saralash huquqini qo'lga kiritadilar", — deya Kremlyovning so'zlarini keltirdi IBA matbuot xizmati.

Umar Kremlyov: "Bokschilar hech narsaga muhtoj bo'lmasliklari uchun sharoit qilamiz"