SportUz.Tv
iks
ads

RCC x Karate Combat: Xamzin Kosmoni engdi, "Belaz" Duglas Limani bo'g'ib qo'ydi

18.10.2026 16:21    


Rasmni yuklab olish

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida RCC va Karate Combat promoushenlarining qo'shma turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangida Ilyas Xamzin o'rta vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan Karate Combat chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U kikboksing bo'yicha etti karra jahon chempioni Aleksandr Kosmoni mag'lubiyatga uchratdi. Xamzin birinchi raunddayoq qarshi zarba bilan raqibini taslim etdi. 

SHuningdek, turnir doirasidagi greppling bellashuvida o'rta vaznda RCC chempioni Vladislav "Belaz" Kovalev sobiq Bellator chempioni Duglas Limani ikkinchi raundda bo'g'ish usuli evaziga engdi. Jangdan so'ng bergan intervyusida Belaz 2027 yilning boshida UFC bilan shartnoma imzolashini aytdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: