SportUz.Tv
iks
ads

"Sabah" - joriy mavsum ushbu natijaga erishgan ECHLdagi birinchi jamoa!

21.10.2026 16:06    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida OptaJoe xabar bermoqda.

Ozarbayjonning "Sabah" klubi CHempionlar ligasi tarixida ketma-ket uchta o'yinda 11 ta turli millat vakillaridan iborat futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirgan birinchi klubga aylandi. 

CHL 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 2- va 3-tur uchrashuvlarida dastlabki daqiqalardan maydonga tushganlar: Stas Pokatilov (Qozog'iston), Akim Zedadka (Jazoir/Franciya), Stiv Solve (Gvadelupa), Eyden Makkarti (JAR), Timoteush Puxach (Polsha), Umarali Rahmonaliev (O'zbekiston), Ivan Lepinica (Xorvatiya), Du Keyros (Braziliya), Kaxim Perris (Yamayka), Velko SHimich (Serbiya), Djoy-Lens Mikkels (Ruanda/Germaniya).

1-tur o'yinida asosiy tarkibda quyidagi o'yinchilar bo'lgan edi: Pokatilov (Qozog'iston), Zedadka (Jazoir/Franciya), Rahman Dashdamirov (Ozarbayjon), Puxach (Polsha), Makkarti (JAR), Rahmonaliev (O'zbekiston), Lepinica (Xorvatiya), SHimich (Serbiya), Mikkels (Ruanda/Germaniya), Perris (Yamayka), Kristian Nvachukvu (Nigeriya).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: