SportUz.Tv
iks
ads

Manba: Kannavaro Meksika yoki AQSH klublarini boshqarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda

21.10.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kelgusida Meksika chempionati yoki AQSHning MLS ligasida faoliyat yuritish imkoniyatini o'rganmoqda.

TUDN jurnalisti Fransisko Arredondoning malum qilishicha, italiyalik mutaxassis Lotin Amerikasidagi vakillik agentligi bilan shartnoma imzolagan. Bu Kannavaroning biror klub bilan kelishuvga erishganini anglatmaydi.

2006 yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan va o'sha yili "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Kannavaro 2025 yil oktyabrida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Kannavaroning O'FA bilan shartnomasi 2027 yil oktyabrigacha amal qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: