
Biroq xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan "Neftchi", "Paxtakor" va "Nasaf" klublarining hech biri yarim finalga qadar etib kela olmagach, Liga shundoq ham dekabrning ikkinchi dekadasiga qarab borayotgan mavsumdagi kunlarni biroz qisqartirish maqsadida yarim final uchrashuvlarini noyabr oyidayoq o'tkazish bo'yicha qaror qabul qildi. SHunga qaramay, final o'tkaziladigan sana to'liq aniq emas.
Bunga asosiy sabab sifatida yarim finalchilar orasida "Andijon" klubining Superliga pley-off o'yinlariga qolib ketish mumkinligini ko'rsatish mumkin. Yaqinlashib kelayotgan 29-turga qadar andijonliklar xavfli zonadan uzoqlasha olmadi. SHundan kelib chiqib, "Andijon" klubi final chiptasiga ega chiqsa, hal qiluvchi bellashuv sanasi ishchi rejada 16 dekabr sifatida belgilab olingan. Mazkur sana Islom Ahmedov shogirdlarining pley-off bosqichida ishtirok etishi va uning qaysi raundida to'p surishi bilan chambarchas bog'liq bo'lib qoladi. "Andijon" finalga chiqa olmasa yoki chiqib, keyinchalik klub Superliga mavsumi yakuniga qadar xavfli zonadan uzoqlasha olsa, u holda final o'yinini 10 dekabrda o'tkazish imkoniyati paydo bo'ladi.

AQSHga bora olmay qolishi mumkin. Menejer Usman Nurmagomedov uchun ehtimoliy jazolar haqida gapirdi
Qozog'iston Toshkentda o'tadigan Jahon kubogining yakuniy bosqichi uchun tarkibini elon qildi
BUM! O'zbekistondagi UFC turniri qachon va qaerda o'tkazilishi haqida malumotlar paydo bo'ldi (FOTO)