SportUz.Tv

"The Notorious qaytdi" - Makgregor tizzasidagi operaciyadan so'ng mashg'ulotlarni boshlaganini malum qildi

24.11.2026 10:39    


Rasmni yuklab olish

Ikki vaznda UFC sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor oldingi xoch bog'lamidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng to'liq mashg'ulotlarni tikladi.

"Makgregor qaytdi. Men zalda mashq qilishni boshladim. Oyoq pressi, tizzamga yuklama berib, jiddiy kuchni rivojlantiryapman. Tizza tayyor, kuch qaytmoqda va tana yuz foiz ishlamoqda. Lagerni tayyorlayapman. The Notorious qaytmoqda", - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, avgust oyining boshida Makgregor Maks Xollouey bilan jangda olgan jarohati tufayli operaciya qilindi. Maks bilan jang uning uchun besh yildan so'ng o'tkazgan birinchi jang bo'lgandi. Jang boshida irlandiyalik g'alati zarba berishga urindi, lekin noto'g'ri yiqilishi natijasida tizzasidan jarohat oldi. Hakam jangni 69-soniyada to'xtatdi. Texnik nokautli g'alaba Xolloueyga berildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: