
"Oxirgi jangimga ham ancha bo'ldi. Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda ham, ko'rishganida ham qachon jang qilishimni so'rashyapti. Promouterlarimga ko'p marta murojaat qildik, lekin raqiblar jangni qabul qilishmadi. Bitta raqibdan rozi ekani haqidagi javobni oldik va hozirda mana shu jangga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Albatta, O'zbekistonda jang qilish menga boshqacha hissiyot beradi", dedi Isroil Madrimov.
Hamyurtimiz 10 dekabr kuni "Humo Arena"da tashkil etiladigan prof boks oqshomida ozarbayjonlik Seymur Isaevga qarshi ringga chiqadi.