SportUz.Tv

BUM! O'zbekistondagi UFC turniri qachon va qaerda o'tkazilishi haqida malumotlar paydo bo'ldi (FOTO)

24.11.2026 11:39    


Rasmni yuklab olish

Kuni kecha UFC o'zi uchun yangi mintaqa - Markaziy Osiyodagi ilk turnirini Qozog'istonda o'tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Unga ko'ra, Liga 2027 yilning 1 may kuni Olma-Ota shahrida UFC turnirini o'tkazishi aytildi.

Etiborlisi, kecha ijtimoiy tarmoqlarda UFC'ning 2027 yilgi turnirlar rejasiga oid xujjatdan lavha tarqaldi. Malum bo'lishicha, dunyoning etakchi MMA Ligasi 2027 yilning uchinchi choragida, yani kuz faslida Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida ham musobaqa o'tkazadi.

Qishda esa Qirzig' Respublikasining Bishkek shahrida ham turnir bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Xujjatdan tushunish mumkin-ki, Toshkentdagi turnir hozirda muzokara bosqichida.

Avvalroq, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov AQSHga tashrifi doirasida UFC rahbari Dana Uayt bilan uchrashgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: