
PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati va faoliyati haqida gapirdi.
"Men g'alabaga juda chanqoqman va yana ko'plab g'alabalarga erishish niyatidaman. Biz Kopa Amerikani yutdik. Bunday g'alabadan so'ng, yanada kattaroq yutuqlarga erishmoqchimiz.
Argentina Jahon chempionligi uchun davogarlardan biri bo'lishi kerak. Biz buning uchun yana harakat qilishimiz kerak.
Jahon chempionatidan so'ng 35 yoshda bo'laman. Faoliyatimni tugatish? Yo'q, yo'q. Bu haqida o'ylamayapman. Jahon chempionatidan so'ng nima bo'lishini ham bilmayman. Ammo, futboldan ketish haqida o'ylamayapman", -dedi Lionel Messi.

Dana Uayt SHon Striklendning boksda o'zini sinab ko'rish istagiga munosabat bildirdi
"Faqat raundlar". Bivol o'zbekistonlik bokschilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda (FOTO)