
"Ha, lekin men buni faqat Merab tufayli aytyapman. O'ylaymanki, Dvalishvili uni mag'lub etadi. RAF ligasidagi bizning ikki to'qnashuvimizdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, u kurashdagi ustunligi evaziga ancha yaxshiroq bo'ladi. Men unga aytdim – sen birinchi jangdagi taktikaning aynan o'zini qo'llashing kerak, hammasini xuddi o'sha tarzda bajarishing lozim.
SHunday ekan, agar Merab g'alaba qozonsa – ha, u o'n yillikning eng buyuk jangchisi bo'ladi. Pyotrda esa hozircha chempionlik kamarini himoya qilishlar yo'q, shuning uchun uni eng buyuk deb atash qiyin. Men Aljameyn Sterlingni undan ustun qo'yaman. Ammo agar Merab yutsa, aniqrog'i, Merab yutganida – u darhol eng buyuk jangchiga aylanadi", – dedi amerikalik "uchtalik chempion" Mayk Bonga bergan intervyusida.
Rossiya va gruziyalik aralash yakkakurash ustalari o'rtasidagi uchinchi jangda Pyotr Yan engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi. Ushbu to'qnashuv 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining ikkinchi muhim voqeyligi bo'ladi.
