
"CHernogoriya mamlakatidan tashrif buyuradigan legioner masalasi ijobiy hal etildi va keyingi hafta boshlarida O'zbekistonga uchib kelishlari uchun klub tomonidan samolyotga chipta xarid qilindi.
«Surxon»ning sobiq o'yinchisi Vladimir Bubanya bilan qo'shib hisoblaganda uch nafar xorijlik bilan deyarli kelishuvga erishildi. Tibbiy ko'rikdan o'tganlaridan keyin to'laqonli shartnoma imzolanadi. Bandlari kelishib bo'lingan.
Demak, chernogoriyalik futbolchilarning ikkisi Dmitrovgradning «Iskra» klubi sharafini himoya qilishgan. Bogdan Milich - 1987 yilda tavallud topgan va ampluasi hujumchi.
SHerigi Goran Miloyka esa 1994 yilda tug'ilgan va markaziy yarim himoyachi sanaladi. Yig'inlar davomida yangi jamoadoshlari bilan tezroq til topishib, «Andijon»ga katta foyda keltirishlaridan umidvormiz", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
Takidlash kerakki, Bogdan Milich (bo'yi - 201sm) 2015-2016 yillarda Ispaniyaning "Osasuna" jamoasi libosida to'p tepgan.

SHavkat Rahmonov qanday holatda UFC chempionlik poygasiga qaytishi mumkinligi aytildi
"Aleks endi avvalgidek emas". Maxachev Volkanovski - Evloev jangiga taxmin bildirdi
Muhiddin Mamajonov Amirxon Alixo'jaevni nokautga uchratgan jangchi bilan to'qnash keladi! (POSTER)
Merab Dvalishvili: "Men barcha dog'istonliklarni hurmat qilaman, faqat bir kishidan tashqari"