SportUz.Tv

Muhiddin Mamajonov Amirxon Alixo'jaevni nokautga uchratgan jangchi bilan to'qnash keladi! (POSTER)

25.08.2026 16:18    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA ustasi Muhiddin Mamajonovning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.

Hamyurtimiz 26 sentyabr kuni Toshkentda o'tkaziladigan Mangu 5 turnirida oktagonga ko'tariladi. O'sha kuni unga rossiyalik tajribali Magomed Saliev raqib bo'ladi.

Jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.

Muhiddin Mamajonov faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, 9 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Saliev hisobida esa 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. U Mangu 1 turnirida yurtdoshimiz Amirxon Alixo'jaevni birinchi raundda nokautga uchratgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: