SportUz.Tv

Rasmiy xabar: 2022 yilgi Osiyo chempionlar ligasi 2023 yilda tugaydi

13.01.2022 19:00    


Rasmni yuklab olish

OFK Osiyo chempionlar ligasi o'yinlari bo'lib o'tish muddatlarini o'zgartirganini elon qildi.

Unga ko'ra G'arb mintaqasidagi guruh bosqichi o'yinlari 7-27 aprel kunlari markazlashgan holda bo'lib o'tadi. Nimchorak, chorak, yarim va final uchrashuvlari esa 2023 yil fevral oyida o'tkaziladi.

Bu katta ehtimol bilan OCHL 2023 yildan boshlab kuz-bahor tizimiga o'tishini anglatishi mumkin. "Nasaf" 15 mart kuni pley-offda "Baniyas" (BAA) mehmoni bo'ladi. G'olib jamoa guruh bosqichiga chiqadi.

G'arb mintaqasi
Guruh bosqichi 7-27 aprel 2022 yil
Nimchorak final - 3 va 4 fevral, 2023 yil
CHorak final - 7 fevral 2023 yil
Yarim final - 10 fevral 2023 yil
Final 19 va 26 fevral 2023 yil

SHarq mintaqasi
Guruh bosqichi 15 aprel-1 may 2022 yil
Nimchorak final - 18 va 19 avgust, 2022 yil
CHorak final - 22 avgust 2022 yil
Yarim final - 25 avgust 2022 yil
Final 19 va 26 fevral 2023 yil



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: