
Unga ko'ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi.
O'zbekiston Futzal Oliy ligasining 13-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “AGMK” uchrashuvida “AGMK” futbolchisi Ilxomjon Xamroev raqibiga zarba berishga uringanligi va tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirganligi uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.
O'zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Mashal” uchrashuvida “Mashal” futbolchisi Muhammad Yuldashev uchrashuvda oyoq kiyimining tag qismi bilan raqib jamoasi futbolchining ko'krak qismiga tepgani uchun 2 ta o'yinga chetlashtirildi.
O'zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog'ida so'kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi. “Turon” klubi prezidenti Abduvahob Ahmadaliev “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi flesh-intervyu chog'ida o'z fikrlarini qo'pol tarzda bildirgani uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan jarima intizomiy chorasini belgiladi.
O'zbekiston “U-21” birinchiligi 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” – “So'g'diyona U-21” uchrashuvida “Navbahor lochinlari U-21” futbolchisi Islomjon Abdullahonov va “So'g'diyona U-21” futbolchisi Nodirbek Qo'yboqov o'yin rasmiylariga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun ularga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi ko'rildi. SHuningdek, mazkur bahsda “So'g'diyona U-21” bosh murabbiyi Rasul Xaitov o'zini nazorat qila olmay, maydonga tushib, raqib jamoasi va o'z jamoasi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi.
Qozog'iston Toshkentda o'tadigan Jahon kubogining yakuniy bosqichi uchun tarkibini elon qildi
BUM! O'zbekistondagi UFC turniri qachon va qaerda o'tkazilishi haqida malumotlar paydo bo'ldi (FOTO)