
"O'zbekiston termasi futbolchisi Otabek SHukurov Turkiyadan taklif qabul qilib oldi. Klubimiz unga ijobiy javob berdi va "Fotix Karagyumruk" bilan muzokaralar o'tkazishga rozi bo'ldi. SHu orqali futbolchi Evropada faoliyat olib borish imkoniyatini qo'lga kiritadi", - deb yoziladi klub bayonotida.
Bu haqda oldinroq saytimizda "Eshitdik-da" rukni orqali malumot bergandik. Ayni damda "Fotix Karagyumruk" jamoasini Andrea Pirlo boshqarmoqda. Bu "Fotix Karagyumruk"ning yangi mavsum oldidan to'qqizinchi transferi bo'ladi.
O'tgan mavsumda Otabek SHukurov "SHarja" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi. U 2017 yildan buyon sharjaliklar tarkibida o'ynab kelayotgandi.

Dana Uayt SHon Striklendning boksda o'zini sinab ko'rish istagiga munosabat bildirdi
"Faqat raundlar". Bivol o'zbekistonlik bokschilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqda (FOTO)